TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Kazbek Taysayev ishtirokida O‘zbekiston parlamenti saylovlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 nafardan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi.