TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 28-29 oktabr kunlariga rejalashtirilgan O‘zbekistonga tashrifi ish jadvalidagi o‘zgarishlar tufayli qoldirildi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Lavrovning telefon muloqotida kelishuvga erishildi.
Muloqotda ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb mavzulari, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada boyitish, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi.