Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari DXRda Aleksandropolni ozod qildi

"Janubiy" qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Aleksandropol aholi punktini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya armiyasi Aleksandropol aholi punktini nazorat ostiga oldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Janubiy” qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Aleksandropol aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Uning ozod etilishi tabiiy to‘siq - Kuraxovskiy suv omboriga chiqish imkonini beradi.
Bundan tashqari, guruh 23-, 54-mexanizatsiyalashgan, 3-, 10-hujum, 79-havo-desant hujumi, Ukraina Qurolli kuchlarining 46-aeromobil brigadalari va Chasov Yar, Zvanovka, Seversk, Dachnoe, Vesoliy Gay va Kuraxovo hududlarida 37-chi dengiz piyodalari brigadalariga zarba berdi. Ukraina Qurolli kuchlari hujum guruhining qarshi hujumi ham qaytarildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Zelenskiy biladi”. G‘arbda Putinning bayonotiga munosabat bildirildi