TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Kecha, 25-oktabr kuni Qo‘ng‘irot – Beyneu avtomobil yo‘lining yangidan qurilgan 240 kilometr qismi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Yo‘l 2021-2024 yillarda 323 million dollarlik loyiha evaziga zamonaviy qilib qayta qurildi. Davlat rahbari marosimda ushbu yo‘lning ahamiyatini alohida qayd etdi.
Sdan v ekspluatatsiyu rekonstruirovanniy 240-kilometroviy uchastok avtomobilnoy dorogi Kungrad – Beyneu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Endi mamlakatimiz hududlaridan xalqaro tashuvlar masofasi 1 ming kilometrgacha, transport xarajatlari esa 25 foizgacha kamayadi. Bu yo‘l yurtimizni Kaspiy va Qora dengiz portlari orqali Yevropa bozorlari bilan ishonchli bog‘laydigan logistika tarmog‘iga aylanadi. Yana bir muhim jihati – “A-380” xalqaro yo‘lagining O‘zbekistondan o‘tgan qismida kunlik transport qatnovi 3 karra oshadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi yo‘l atrofida 200 dan ziyod savdo-servis obyekti va sanoat korxonasi paydo bo‘ladi. Shuning hisobidan dastlab 2 mingta, kelgusida esa yana 5 mingta ish o‘rni tashkil qilinadi.
Sdan v ekspluatatsiyu rekonstruirovanniy 240-kilometroviy uchastok avtomobilnoy dorogi Kungrad – Beyneu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident mazkur loyihada ishtirok etgan quruvchi va ishchilarga, Osiyo taraqqiyot bankiga, Turkiya, Ozarbayjon va xitoylik pudratchilarga, Janubiy Koreya va italiyalik konsultantlarga minnatdorlik bildirdi.
“Yo‘l va ko‘prik qurib, odamlarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilish eng savobli ishlar qatorida turadi. Biz bunyodkor yo‘lsozlarning timsolida ana shunday olijanob, elning duosi va rahmatiga sazovor bo‘lib kelayotgan zahmatkash insonlarni ko‘ramiz. Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladigan bunday ezgu ishlarimiz yanada ko‘paysin”, – dedi davlat rahbari.
Sdan v ekspluatatsiyu rekonstruirovanniy 240-kilometroviy uchastok avtomobilnoy dorogi Kungrad – Beyneu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mazkur 240 kilometr yo‘lning ikki tomoni – Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani hamda “Dovud ota” bojxona postida hozir bo‘lganlar teleko‘prik orqali aloqaga chiqdi. Mirziyoyev mamnuniyat bilan yo‘lning ochilishiga ruxsat berdi. Ushbu quvonchli voqea bilan barchani muborakbod etdi.
Marosimda davlat idoralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
Sdan v ekspluatatsiyu rekonstruirovanniy 240-kilometroviy uchastok avtomobilnoy dorogi Kungrad – Beyneu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shu yerda davlat rahbariga muhandislik inshootlarini monitoring qilish tizimi taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, ko‘priklarning muayan nuqtalariga elektron uzatgichlar o‘rnatiladi. Ular oqali mustahkamlik va xavfsizlik darajasi, hozirgidek belgilangan muddatlarda emas, doimiy nazorat qilib boriladi. Kundalik meyordan o‘zgarish sezilsa, muammo tezda aniqlanib, vaqtida chora ko‘riladi. Bu ko‘priklarning uzoq vaqt yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.
Shuningdek, bu tizim natijasida mablag‘ tejaladi. 20 ga yaqin qog‘oz shakldagi hisobotlar raqamlashtiriladi. Monitoring ma’lumotlari 30-yilgacha saqlanadi.
Shunday birinchi loyiha Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi, Bobur ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichda qo‘llandi. Marosimda ushbu transport bog‘lamasi ham to‘liq ochildi. Uning umumiy uzunligi 702 metr, eni 46 metr. Shuningdek, 2 ta aylana va 4 ta yoysimon “qanot”lar barpo etilib, Kichik halqa yo‘li hamda Sodiq Tolipov ko‘chalari bilan samarali bog‘langan. Ushbu transport bog‘lamasi 1 soat ichida 5 mingta, bir kecha-kunduzda 132 mingta avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ldi.
Sdan v ekspluatatsiyu rekonstruirovanniy 240-kilometroviy uchastok avtomobilnoy dorogi Kungrad – Beyneu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident bu tizimni avval poytaxtdagi 114 ta ko‘prikda va keyinchalik barcha ko‘priklarda tatbiq etish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda keyingi sakkiz yilda 2 ming kilometr yo‘l qaytadan qurilgan, 100 ming kilometri ta’mirlangan. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda kelgusi yil yana ming kilometr yo‘l qurish bo‘yicha 10 ta yirik loyiha rejalashtirilgan.