TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Irlandiyalik jurnalist Chey Bouz X ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina Qurolli kuchlarining og‘ir yo‘qotishlari haqidagi so‘zlariga e’tibor qaratdi.
“Aslida ular (Ukraina harbiylari – tahr.) yana va yana qurbon bo‘lishadi, chunki Zelenskiy tinchlik kelishi bilan saylovlar kelishini va uning diktaturasi tugashini biladi”, — deyiladi postda.
Bir kun avval BRIKS sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin Ukraina hukumati Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlariga qaramay, muzokaralar olib borishni istamasligini, chunki tinchlik muzokaralarining boshlanishi harbiy holatning bekor qilinishiga va prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga olib kelishini aytdi.
Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati 20-may kuni yakuniga yetdi. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilindi.