Magadanda qalin qor yog‘di - video

Magadanda qalin qor tufayli shaharning markaziy ko‘chalarida mashinalar harakati qiyinlashib qoldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Kutilmaganda yoqqan qalin qor tufayli Magadan ko‘chalarida tirbandlik paydo bo‘ldi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar avtomobillari haydovchilarga yordam bermoqda.
Qor bo‘roni tufayli maktablarda birinchi sinfdan yettinchi sinfgacha o‘quvchilari uchun darslar bekor qilindi.
Shahar tashqarisida ham harakat qiyinlashdi, mintaqaviy magistral yopildi.