TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Tataristonning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qozonga tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Tataristonning davlat mukofoti - "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yuksak mukofotni davlat rahbariga Tatariston raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.
V ramkax programmi pervogo dnya prebivaniya v gorode Kazani Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev provel vstrechu s Raisom Respubliki Tatarstan Rustamom Minnixanovim.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Prezidentimiz ushbu orden bilan O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi”, — deyiladi xabarda.
Mamlakat yetakchisi Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. So‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilgani qayd etildi.