Toshkentda Moskva bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Muloqotga O‘zbekiston va Rossiya hukumati, biznes va ta’lim muassasalari vakillari taklif etildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida Moskva va Toshkent o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ishtirokchilar orasida Moskva hukumati vaziri Sergey Cheromin, Rossiya poytaxti tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev, Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sanjar Tojiyev ham bor.
Toshkentda Moskva kunlari doirasida tashkil etilgan konferensiya, ikki davlat hukumati, biznes va ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish, muvaffaqiyatli tajriba almashish va ikki tomonlama hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan konstruktiv muloqot uchun platforma yaratdi. Xususan, turizm va madaniy-gumanitar loyihalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Poytaxt hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sanjar Tojiyevning aytishicha, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkentga 640 mingdan ortiq rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan. Shuningdek, u Toshkent va Moskva o‘rtasida haftasiga o‘rtacha 60 ta reys amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
“2025 yilda Toshkentda Moskva kunlari va Moskvada Toshkent kunlarini ham o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, — dedi hokim o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent va Moskva o‘rtasidagi hamkorlik ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun muhim.
“O‘zbekiston lol qoldira oladi”: Moskvada mamlakat turizm salohiyati taqdim etildi