“Muqobil, ishonchli va har qanday diktaturadan xoli, ko‘p tomonlama moliyaviy mexanizmlar, ishlab chiqarish va logistika zanjirlarini qurish, texnologiyalar va ilg‘or bilimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish muhim. Ushbu investitsiya platformasining maqsadi BRIKS mamlakatlari, Global Janub va Sharqiga sarmoya oqimini ko‘paytirish hamda yirik infratuzilma va texnologik loyihalarga sarmoya kiritishga e’tibor qaratishdir", — dedi Rossiya rahbari.
“Shunday qilib, bu kuchlar Ukrainadan Rossiya xavfsizligiga jiddiy tahdidlar yaratish uchun foydalanmoqda, uning hayotiy manfaatlarini e’tiborsiz qoldirmoqda. Endi esa ular mamlakatimizni strategik mag‘lubiyatga uchratish maqsadini ham yashirishmayapti. Ochig‘ini aytsam, bu xayoliy hisob-kitoblar bo‘lib, ularni faqat Rossiya tarixini bilmagan va uning xalqining asrlar davomida shakllangan birligi, matonati va hamjihatligini hisobga olmaganlargina qila oladi”, — dedi Putin.