TOShKENT, 24 okt — Sputnik. “BARS-Kursk” ko‘ngillilar otradi Kursk viloyatida jangovar topshiriqlarni bajarishga kirishdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Kursk viloyatida “BARS-Kursk” otradining ko‘ngillilari orqa zonadagi poligonlarda puxta tayyorgarlikdan so‘ng vazifalarni bajarishga kirishdilar", — deyiladi xabarda.
Otradning vazifalariga hayotiy ta’minot obyektlari va infratuzilmalarini qo‘riqlash va himoya qilish, uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurashish, dushmanning qo‘poruvchilik va razvedka guruhlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish, tinch aholini evakuatsiya qilishni ta’minlash, shuningdek, terrorizmga qarshi operatsiyalar rejimini ta’minlash kiradi.
"BARS-Kursk" — bu Kursk viloyati, asosan, Korenevskiy tumanidagi ko‘ngillilardan tashkil topgan noyob tuzilma. Puxta tayyorgarlikdan so‘ng, otrad boshqa bo‘linmalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, ko‘chirilgan hududlarda va Kursk viloyatining boshqa hududlarida xavfsizlikni ta’minlaydi.