TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Pentagon rahbari Lloyd Ostinning aytishicha, Ukraina endi Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari (HKK) bazalariga Amerika uzoq masofali raketalar (ATACMS) bilan zarba bera olmaydi. Bu haqda RIA Novosti "Fox News" telekanaliga tayanib xabar berdi.
“Rossiya o‘zining havo flotini ATACMS raketalari yetib boradigan doiradan ko‘chirgan”, - dedi Ostin.
U AQSh Ukrainaning Rossiyaga chuqur zarbalar berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat berish haqidagi iltimosini qondirishga tayyormi, degan savolga shunday javob berdi.
Ostinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uzoq masofaga uchuvchi dronlarni ishlab chiqarishi mumkin.
Qayd etilishicha, ATACMS raketalarining taqchilligi AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevning Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalar berish uchun ruxsatni qaytarib olish so‘rovini rad etishining sabablaridan biridir.