Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Taslim bo‘lgan Ukraina askarlari AQSh manfaatlari yo‘lida o‘lishni xohlamasliklarini aytishdi

NATO qurollari bilan taslim bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlari askarlari AQSh uchun o‘lishni xohlamaganliklarini aytishdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xarkov yo‘nalishida taslim bo‘lgan ukrainalik askarlar Zelenskiy va AQSh manfaatlari uchun o‘lishni xohlamaganliklarini tan olishdi. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya huquqni muhofaza qilish organining vakili ma’lum qildi.
“Taslim bo‘lgan dushman piyoda askarlari Zelenskiy va AQSh manfaatlari yo‘lida o‘lishni istamasliklarini aytdilar, shuning uchun ular qurollarini tashlashga qaror qilishdi”, — dedi u.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, taslim bo‘lganlar Ukraina Qurolli kuchlarining 63-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasining ikki razvedkachi piyoda askarlaridir. Ularning yonida NATO davlatlari tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy kiyim-kechak, o‘q-dorilar va qurollarning namunalari bo‘lgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ukrainalik askarlar Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududga tashlangan ko‘rsatma varaqalaridan front chizig‘ida taslim bo‘lish texnologiyasi bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar olgan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 24 soat ichida “G‘arb” guruhi DXRning Novosadovskoe qishlog‘ini ozod qilgan, DXR va Xarkov viloyatidagi uchta ukraina brigadasining tuzilmalarini mag‘lub etgan va bitta qarshi hujumni qaytargan.
Ushbu janglarda Ukraina qo‘shinlaridan 470 dan ortiq kishi halok bo‘lgan va yaralangan, shuningdek, dushman 13 ta texnikasini yo‘qotgan. Uchta dala o‘q-dori ombori ham yo‘q qilindi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Asirga olingan ukrainalik askar kutilmagan iltimos bilan murojaat qildi