TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Samarqand bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston VI hududlararo hamkorlik forumida 352 million dollardan ortiq bo‘lgan 76 ta hujjat imzolandi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida o‘tgan forumda ikki mamlakatning barcha hududlari vakillari hamda uning doirasidagi davra suhbatida 200 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.
Premyer-ministri Kazaxstana i Uzbekistana obsudili razvitie torgovo-ekonomicheskogo sotrudnichestva
© Press-slujba Premyer-ministra
“Forum doirasida umumiy qiymati 352 million dollardan ortiq bo‘lgan 76 ta hujjat imzolandi. Yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi shular jumlasidandir. Hujjat energetika, tog‘-kon sanoati, geologiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi”, — deya xabar berdi Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston O‘zbekistonga qo‘shimcha qiymatga ega 40 turdagi qozoq tovarlari bo‘yicha eksport hajmini 550 million dollardan oshirishga tayyor.
“Qozog‘iston va O‘zbekiston barcha sohalarda hamkorlikda ishlash uchun keng istiqbolga ega. Ishonchim komilki, bugungi uchrashuv yangi yutuq loyihalarni amalga oshirishning boshlanishi bo‘lib, butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga ulkan hissa qo‘shadi”, — dedi Oljas Bektenov.
O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmatiga ko‘ra, so‘nggi 7-yil ichida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi deyarli 2,5 barobar o‘sib, o‘tgan yili 4,4 milliard dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokida mingdan ziyod korxonalar, Qozog‘istonda esa – 3 600 tadan ortiq O‘zbekiston kapitali ishtirokida korxonalar o‘z faoliyatini yuritmoqda.
Forumda mavjud zaxiralardan samarali foydalangan holda, yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish choralari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Aytilishicha, bunda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhim.
Premyer-ministri Kazaxstana i Uzbekistana obsudili razvitie torgovo-ekonomicheskogo sotrudnichestva
© Press-slujba Premyer-ministra
“O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishda hududlararo aloqalar haqiqiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, chegaradosh hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mang‘istau viloyati bilan, Toshkent viloyati Turkiston viloyati bilan, Navoiy viloyati Qizilo‘rda viloyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yaqin aloqalar o‘rnatgan. Chegaradosh bo‘lmagan hududlarimiz ham o‘zaro aloqalarni mustahkamlab, savdo-sotiq va sanoat kooperatsiya aloqalarini izchil rivojlantirib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, qardosh xalqlar o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish ham muhim ekanligi aytildi.