Matbuot markazi

Moskva kompaniyalari O‘zbekiston onlayn savdo maydonlarida o‘z mahsulotlarini joylashtirmoqda

Rossiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonning onlayn savdo bozoriga kirib kelmoqda.
Sputnik
Moskva kompaniyalari O‘zbekiston onlayn savdo maydonlarida o‘z mahsulotlarini joylashtira boshladi. Bu haqida Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Moskva eksport markazi bosh direktori o‘rinbosari Nadejda Larionova ma’lum qildi.

“Odatda biz har yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan bir yoki ikkita ko‘rgazmada ishtirok etamiz va biznes missiya tashkil qilamiz. <…> Bu yil biz Moskva kompaniyalari mahsulotlarini "Uzum" platformasida joylashtirishni yo‘lga qo‘ydik”, - dedi Larionova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil Moskvadan tashrif buyurgan biznes-missiya tarkibiga IT-sohasining 20 taga yaqin kompaniyasi, bolalar tovarlari, kosmetika, oziq-ovqat mahsulotlari va bank uskunalari ishlab chiqaruvchilar kirgan.
Eksport markazi ko‘magida Moskva kompaniyalari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan umumiy qiymati 30 million rubldan ortiq 200 tadan ortiq shartnomalar tuzgan.