TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Moskva eksport markazi bosh direktori o‘rinbosari Nadejda Larionovaning Moskva kompaniyalari ko‘p tarmoqli biznes missiyasining O‘zbekistonga tashrifiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi paytlarda Rossiyaning turli mintaqalaridan O‘zbekistonga kelayotgan ishbilarmonlik missiyalari soni sezilarli darajada oshdi, bu esa ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Moskva kompaniyalari Toshkentga nima olib keldi? Anjuman mehmoni ushbu savolga javob berdi.