MiningMetals Uzbekistan 2024: O‘zbekiston oltin, kumush va mis ishlab chiqarishni oshiradi

Ural Yusupov: O‘zbekiston xomashodan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi davlatlar safiga qo‘shilish uchun o‘z strategiyasini ishlab chiqqan.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkentda “Konchilik, metallurgiya va metallga ishlov berish – MiningMetals Uzbekistan 2024” 18-xalqaro ko‘rgazmasi ochildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkentda “Konchilik, metallurgiya va metallga ishlov berish – MiningMetals Uzbekistan 2024” 18-xalqaro ko‘rgazmasi ochildi
Ko‘rgazma doirasida oltinchi O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlis ishtirokchilari xalqaro va mintaqaviy sanoat kooperatsiyasining milliy tamoyillarini muhokama qilishdi.
Forumning asosiy mavzulari orasida tog‘-kon sanoatida raqamli yechimlar, konlarni qidirish, qidirish va o‘zlashtirish uchun geotexnologiyalar, shuningdek, konservatsiya texnologiyalari bor.
O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari Ural Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilning 9 oyi davomida 460 ta geologik obyektlar auksionga chiqarilib, shundan 184 ta kon 226 mlrd so‘m qiymatiga sotilgan.
Toshkentda “Konchilik, metallurgiya va metallga ishlov berish – MiningMetals Uzbekistan 2024” 18-xalqaro ko‘rgazmasi ochildi
“Bugungi kunda O‘zbekiston xomashyo yetkazib beruvchi davlat emas balki, xomashodan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi davlatlar safiga qo‘shilish uchun o‘z strategiyasini ishlab chiqqan. Shunday loyihalardan biri Ohangaron “Mis klasteri” bo‘lib, bu yerda mis xomashosidan turli hil qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2018-yilda bor-yo‘g‘i ishlab chiqarilayotgan mis katodining 22 ming tonnasi qayta ishlangan. 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 86 mingga chiqdi. 2024-yilda bu ko‘rsatkichni 110 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

“2030 yilga qadar oltin ishlab chiqarishni 1,5 baravar, kumushni 3 baravar, misni esa 3,5 baravarga oshirish belgilangan”, — dedi Yusupov.

Forumda Qozog‘iston, Kanada, Avstriya, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Yaponiya, Shveysariya kabi 15 ta davlatdan 50 nafar ma’ruzachi va 250 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.
Forumda Kareliya rahbari Artur Parfenchikov ham ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasidan 10 taga yaqin kompaniya kelgan.