TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Janubiy Koreya Shimoliy Koreya harbiylarini kuzatish uchun Ukrainaga mutaxassislar guruhini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ular go‘yoki Ukraina mojaro zonasiga jo‘natilgan. Bu haqda hukumatdagi manbaga tayanib "Ronxap" agentligi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiyaga KXDR harbiy xizmatchilarining jalb etilishiga ruxsat beradimi, degan savolga, Rossiya buni hech kimdan so‘ramaganini va bunga "zarurat yo‘qligini" aytgandi.
Shimoliy Koreyaning BMTdagi vakili dushanba kuni Janubiy Koreya va Ukrainaning go‘yoki Ukraina mojarosida ishtirok etish uchun askar yuborayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib, ularni “asossiz mish-mishlar” deb atadi.
Agentlik manbasiga ko‘ra, “Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun yuborilgan Shimoliy Koreya maxsus kuchlarining taktikasi va jangovar imkoniyatlarini kuzatish uchun Ukrainaga xodimlar yuborilishi ehtimoli bor”. Agar guruh joylashtirilsa, “Shimoliy Koreyaning jangovar taktikasini tahlil qila oladigan” yoki qo‘lga olingan Shimoliy Koreya fuqarolarini so‘roq qilishda ishtirok eta oladigan razvedka bo‘linmalari a’zolaridan iborat bo‘lishi kutilmoqda.