TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident universitet mutaxassislari va talabalari bilan suhbatlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Hozir ekologiya xuddi raqamli texnologiyalarday dolzarb. Kelajakda hamma soha atrof-muhit bilan hamohang bo‘ladi. Shuning uchun bu yerda ekologik iqtisodiyot, moliya, huquq kabi yo‘nalishlar tashkil etildi. Endi dual ta’limni kengaytirib, bu yerdagi bilimlarni tezroq joylarda tatbiq qilish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga ekologiya sohasida quyi bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatda texnikumlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Universitetda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan akademik va kasbiy tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan.
Zamonaviy laboratoriyada yer, suv, bioxilma-xillik va chiqindi namunalari har xil muhitda tekshirilib, ilmiy xulosalar beriladi. Davlat rahbari ushbu laboratoriyani ham ko‘zdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Bu yerda ilmiy salohiyat bor, zarur uskunalar bor. Bundan samarali foydalanish kerak. Masalan, yer-suv sharoitlari og‘ir tumanlar bo‘yicha shartnoma asosida tahlillar o‘tkazish mumkin. Bu ikki tomonlama manfaatli bo‘ladi”, — dedi prezident.
O‘quv jarayoni “Hub and Spoke” tamoyili asosida tashkil etilgan. Bu yaxlit o‘quv tizimini yaratish, resurslarni optimallashtirish, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligini oshirish kabi jihatlar bilan ajralib turadi.
Universitetning imkoniyatlarini kengaytirish uchun kelgusida poytaxtning Yunusobod tumanidagi hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi sobiq kollejlar binolari ta’mirlanib, kampusga aylantirilishi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”da bo‘ldi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilishicha, mazkur universitetda atrof-muhit va barqaror boshqaruv, atrof-muhit va iqtisodiyot, ekologiya va davlat boshqaruvi, barqaror rivojlanish, barqaror moliya, ekologiya huquqi, atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiyalar yo‘nalishlari ochilgan. 450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan.