TOShKENT, 21 okt — Sputnik. AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukrainaga 400 million dollarlik harbiy ta’minot paketi ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti OAVga tayanib xabar berdi.
“Bugun men sizning kuchlaringizni qo‘shimcha o‘q-dorilar, zirhli transport vositalari va tankga qarshi qurollar bilan ta’minlash uchun 400 million dollarlik majburiyatni e’lon qilishdan mamnunman”, — dedi Ostin Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden boshchiligida Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordamni oshirishda davom etmoqda.
Umuman olganda, Pentagon avvalroq xabar qilganidek, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri AQSh Ukrainaga harbiy yordam sifatida 59 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.