Samarqandda Markaziy Osiyo teatr ustalari uchrashdi — tafsilotlar

Rossiya loyihasi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi o‘qituvchilar, rus drama teatrlari rejissorlarini birlashtirdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Samarqandda "Rus teatrining chet eldagi missiyasi - bu to‘rtta yurak" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi.
Tadbirda Markaziy Osiyoning to‘rt respublikasi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ishtirok etdi.
Samarqandda "Rus teatrining chet eldagi missiyasi - bu to‘rtta yurak" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
“Loyiha Markaziy Osiyoning to‘rt respublikasi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning Rossiya teatr san’ati instituti (GITIS) o‘qituvchilari, rus drama teatrlari rejissorlarini birlashtirdi. Shuning uchun loyiha "To‘rtta yurak" nomini oldi - bu teatr jamoasining birligini ta’kidlaydigan ramziy nomdir”, — deyiladi xabarda.
Samarqandda "Rus teatrining chet eldagi missiyasi - bu to‘rtta yurak" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
To‘rt kun davomida loyiha ishtirokchilari GITIS o‘qituvchilari bilan treningdan o‘tishdi va hamkasblari bilan fikr almashishdi.
Samarqandda "Rus teatrining chet eldagi missiyasi - bu to‘rtta yurak" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyat rus drama teatri va Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatrida loyiha ishtirokchilari uchun trening va madaniy dastur bo‘lib o‘tdi.
Samarqandda "Rus teatrining chet eldagi missiyasi - bu to‘rtta yurak" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Shuningdek, Samarqand viloyat rus drama teatri tomonidan “Pushkinning kichik fojialari” spektakli namoyish etildi.
Samarqandda "Rus teatrining chet eldagi missiyasi - bu to‘rtta yurak" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Konferensiya yakunida “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tadbir ishtirokchilariga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi.
GITIS - bu Rossiyadagi yagona oliy o‘quv yurti bo‘lib, unda talabalar sakkizta fakultetda barcha teatr mutaxassisliklari va ta’lim darajalari bo‘yicha ta’lim olishadi: aktorlik, rejissorlik, musiqali teatr, sahna san’atining yangi yo‘nalishlari, xoreograf, produser, sahna dizayni va teatrshunoslik.