Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainadagi yollanma qo‘shinlar joylashgan nuqtalarga zarba berdi

Rossiya qurolli kuchlari Sumsk va Xarkov viloyatlaridagi yollanma askarlarni joylashtirish nuqtalariga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukrainadagi xorijlik yollanma askarlarning vaqtinchalik yashash joylariga hujumni muvaffaqiyatli amalga oshirdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

"Tezkor-taktik aviatsiya, uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari qo‘shinlari guruhlarining artilleriyasi Sumi va Xarkov viloyatlaridagi xorijiy yollanma askarlarning vaqtincha joylashtirish punktlariga, uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish ustaxonalariga, ularni tayyorlash va uchirish joylariga zarar yetkazdi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, 131 ta hududda Ukraina Qurolli kuchlarining ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan joyga zarba berildi. O‘z navbatida, havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqarilgan beshta RSZO HIMARS raketasi va 142 ta dronni urib tushirdi.