Tramp yoki Xarris — Rossiya uchun kim muhimroqligi aytildi

Rossiyaning Londondagi elchisi: AQShda hokimiyat tepasiga kimning kelishi Rossiya uchun farqi yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiya uchun AQShda prezidentlik saylovlari natijalariga ko‘ra hokimiyatga kim kelishining farqi yo‘q, ikkala partiya ham Rossiyaga qarshi pozitsiyada. Bu haqda Rossiyaning Londondagi elchisi Andrey Kelin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan Kamala Xarris, Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp vakillik qiladi.
“Tramp, demokratlar yoki respublikachilar g‘alaba qozonishi biz uchun mutlaqo farq qilmaydi, chunki Rossiya masalasida ikki partiya o‘rtasida konsensus mavjud. Bu Rossiyaga qarshi kayfiyat, Rossiyaga qarshi pozitsiya”, — dedi elchi Britaniya televideniyesiga bergan intervyusida.
Ikkala tomon ham Rossiyaga "strategik mag‘lubiyat" yetkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda va haqiqatga duch kelishni xohlamaydi, dedi Kelin.
Xarris Kiyevni harbiy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da bermoqda, bu faqat Ukrainaning vayron bo‘lishiga olib keladi, biroq Trampning hokimiyatga kelishi ham Rossiya uchun katta farq qilmaydi, deb hisoblaydi diplomat.