Ro‘yobga chiqqan orzular: o‘zbekistonlik ko‘zi ojiz pianinochi darsliklar yaratmoqda

Sevara Mirsidiqova ko‘zi ojiz musiqachilar uchun mamlakatdagi ilk darsliklarni yaratgan o‘zbekistonlik ko‘zi ojiz pianinochi.
Sputnik
Sevara bolaligidan pianinochi bo‘lishni xohlagan va rad javoblarga qaramay, u orzusini amalga oshirdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri lavhasida Sevara o‘zining ilhomlantiruvchi hikoyasi bilan o‘rtoqlashdi, ko‘zi ojiz musiqachilar uchun darslik tushunchasi haqida gapirdi va nega o‘ziga nisbatan achinish hissini qabul qilmasligini tushuntirdi.