TOShKENT, 19 okt — Sputnik. 18 oktabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda real klinik amaliyot ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish nuqtayi nazaridan Ittifoq doirasida dori vositalari aylanishini tartibga solishni rivojlantirishga umumiy yondashuvlar ma’qullandi.
Hujjatda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining ushbu ma’lumotlardan foydalanishga umumiy yondashuvlari hamda ular asosida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, farmakologik nazorat qilish va bemorlarda qo‘llash maqsadida ularning samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida olingan dalillar bayon etilgan.
Umumiy yondashuvlar Ittifoq bozoriga maxsus kirish dasturlari doirasida foydalaniladigan yangi dori vositalarini joriy etishni tezlashtiradi. Yana bir muhim natija allaqachon ma’lum bo‘lgan dorilarni qo‘llash uchun ko‘rsatmalarni kengaytirish imkoniyati bo‘ladi.
Bunday yondashuvlar Ittifoq mamlakatlari sog‘liqni saqlash tizimlariga tezkor javob berish va insonning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi kasalliklarini davolashni tashkil etish imkoniyatini beradi.