Zaporojye AES muhandisi terakt uyushtirmoqchi bo‘ldi

Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi buyrug‘i bilan terakt uyushtirishga uringan muhandis sudda aybdor deb topildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Zaporojye atom elektr stansiyasi (AES) muhandisi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi buyrug‘i bilan terakt tayyorlaganlikda ayblanib sudlandi.

Zaporojye viloyati prokuraturasi 32 yoshli Ukraina fuqarosi Sergey Potingni Rossiya Jinoyat kodeksining 205.4-moddasi 2-qismi (Terrorchilik tashkilotida ishtirok etish) bilan aybdor deb topdi. U, shuningdek, portlovchi moddalar saqlash, terrorchilik harakatini sodir etishga urinishda ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil mart oyida Poting Zaporojye AESdagi issiqlik avtomatlashtirish va o‘lchash sexining muhandisi bo‘lib, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan terrorchilar jamoasiga qo‘shilgan. U AESga kirish imkoni bo‘lgan avtomobillar, ularning yo‘nalishlari va to‘xtash joylari haqida ma’lumot to‘plagan va ushbu ma’lumotlarni ukrainalik kuratorga yetkazgan.

2023 yil may oyida Poting Energodarda yashovchi huquqni muhofaza qilish organi xodimini yo‘q qilish vazifasini oladi. U portlovchi qurilmani xodimning mashinasi ostiga o‘rnatganidan so‘ng qo‘lga olinadi. Portlovchi modda zararsizlantiriladi. Sud davom etmoqda.

Zaporojye atom elektr stansiyasi Dneprning chap qirg‘og‘ida Energodar shahri yaqinida joylashgan. ZAES quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. U 2022-yil oktabr oyida Rossiya nazoratiga o‘tdi. Shu vaqtdan boshlab Ukraina maxsus xizmatlari AESga turli hujumlar uyushtirib u yerda texnogen falokat uyushtirishga harakat qilib kelmoqda.