Isroil-Falastin mojarosi

Isroil armiyasi HAMAS rahbari Yahyo Sinvar yo‘q qilinganini e’lon qildi

Ma’lum qilinishicha, operatsiya 16-oktabr kuni amalga oshirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Isroil harbiylari HAMAS rahbari Yahyo Sinvarni o‘ldirdi. Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) buni rasman tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, operatsiya 16-oktabr kuni amalga oshirilgan.
Yahudiy davlati rasmiylari HAMAS yetakchisini 2023-yil 7-oktabrda Isroilga qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi va ilhomlantiruvchisi deb hisoblaydi.
HAMAS yetakchilaridan biri Xolid Mash’al Yahyo Sinvar yo‘q qilingandan keyin harakat rahbari vazifasini bajarmoqda, deb xabar bermoqda Livanning LBCI telekanali manbalarga tayanib.

“Mash’al harakat rahbari vazifasini bajaruvchi rolini o‘z zimmasiga oldi”, — deyiladi xabarda.

HAMAS rahbariyati Turkiya, Qatar va Misr rasmiylarini Yahyo Sinvarning o‘limi haqida xabardor qilganini telekanal manbalari tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Sinvar joriy yilning avgust oyida HAMAS harakati siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirilganidan keyin harakat rahbari etib saylangandi.
HAMAS siyosiy buroning yangi rahbarini sayladi