Ukraina asrlar davomida bahsli hudud bo‘lib kelgan — Orban

Vengriya bosh vaziri Orban: Ukraina asrlar davomida bahsli hudud bo‘lib kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Ukraina asrlar davomida bahsli hudud bo‘lib kelgan, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Germaniyaning nashriga bergan intervyusida, deb yozadi RIA Novosti.
Muxbir intervyu davomida 1956-yilda Budapesht voqealari va Ukrainadagi hozirgi mojaro o‘rtasida o‘xshashlikni ko‘rsatishga urindi. Orban Ukrainadagi vaziyat butunlay boshqacha ekanini aytdi. Chunki Vengriya hech qachon Sovet Ittifoqi tarkibiga kirmagan. Vengriyada hech qachon tilida so‘zlashuvchi jamoa bo‘lmagan.
“Ukraina asrlar davomida bahsli bo‘lib kelgan hudud bo‘lib, bu Ukrainani Vengriyadan juda farqlaydi”, — dedi Orban.
Bundan tashqari, u Ukrainadagi mojaroni o‘zining mojarosidek tutayotgan Yevropa unda mag‘lub bo‘layotganini aytdi.
"Agar siz frontdagi harbiy vaziyatga va urushayotgan ikki tomonning harakat qilish qobiliyatiga qarasangiz, biz hozirda yutqazayotgan holatda ekanligimiz ayon bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Vengriya bosh vaziri.
Oldinroq Orban Ukraina uchun eng ideal variant Rossiya va NATO bloki o‘rtasida bufer hududga aylanishi, aks holda ukrainaliklar o‘z mamlakatini yo‘qotishini aytgan edi.
Vengriya bosh vaziri, shuningdek, Ukraina iqtisodiyoti faqat Yevropa va AQShdan moliyalash hisobiga qulagani va mavjud bo‘lganini bir necha bor ta’kidladi.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar parallel ravishda yetarli bo‘lmaydi, Rossiya va AQSh o‘rtasida 20-30 yil davomida Yevropadagi xavfsizlik tizimini belgilab beradigan muzokaralar olib borilishi kerak.