Toshkentda MDH adliya vazirlari uchrashdi — kelishuvlar va muhokama etilgan masalalar

Poytaxtda MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari ishtirok etishdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Yig‘ilishda MDH davlatlari adliya vazirlari o‘z tajribalar bilan o‘rtoqlashishdi.
O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab 14 mingdan ortiq davlat tashkilotlari "E-qaror" tizimiga ulangan. Shuningdek, u 2021-yildan buyon mahalliy davlat hokimiyati organlarining barcha qarorlari ushbu elektron tizim orqali qabul qilinganini eslatdi.
O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov

“Qabul qilingan qarorlarni ushbu portalda e’lon qilishning majburiy tartibi o‘rnatildi. Shu bilan birga, qonun hujjatlarida mazkur elektron tizimdan tashqari yoki qog‘ozda qabul qilingan qarorlar yuridik kuchga ega emasligi belgilab qo‘yilgan”, — dedi Toshqulov.

Shunday qilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari yiliga 150 mingdan ortiq qarorlar qabul qiladi. Oxirgi ikki yilda sudlar tomonidan bekor qilingan davlat organlarining noqonuniy qarorlari soni 90 foizga kamaydi. Bundan tashqari, mahalliy darajada qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish uchun sarflanadigan vaqt o‘rtacha 30 foizga qisqardi.

“Barcha jarayonlarni elektron formatga o‘tkazish ham qog‘oz hujjat aylanishini sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi. Har yili 3 million varaqdan ortiq qog‘oz tejab qolamiz, – deydi vazir.

Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenkoning so‘zlariga ko‘ra, adliya vazirligi bepul yuridik yordam ko‘rsatish jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko

2022 yil dekabr oyida “Huquqiy yordam” axborot tizimini sinovdan o‘tkazdik. Yuridik ta’lim va bepul yuridik yordam yagona davlat portali uning muhim qismidir. Uning yordamida fuqarolar o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilish bo‘yicha dolzarb huquqiy axborot bilan tanishishi mumkin. Bugungi kunda portalga fuqarolar uchun eng muhim masalalarga taalluqli 205 ta hayotiy vaziyatni joylashtirilgan”, — dedi Rossiya adliya vaziri.

Tadbirda ta’kidlanganidek, globallashuv va davlatlararo aloqalarning kuchayishi sharoitida MDH mamlakatlari huquqiy sohada faol muloqot va hamkorlikni talab etadigan yangi muammolarga duch kelmoqda.
“Toshkentdagi majlis qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish, milliy darajada qabul qilingan muvaffaqiyatli amaliyotlar va huquqiy qarorlar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini berdi. Ishtirokchilar Hamdo‘stlik makonida huquqiy ma’rifat, jumladan, yoshlarni huquqiy tarbiyalash, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati sifatini oshirish kabi keng ko‘lamli masalalarni ko‘rib chiqdilar”, — deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Kun tartibida O‘zbekistonning MDHga a’zo davlatlar adliya vazirliklari o‘rtasida axborot almashishning elektron tizimini yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbusi muhokama qilindi.
V Tashkente proxodit 18-e zasedanie Soveta ministrov yustitsii gosudarstv — uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SMYu SNG)
Tashabbus haqida:
Yagona elektron tizimni yaratish so‘rovlarning samaradorligi va tezkorligini oshirish, hujjatlarni qayta ishlash, ijro etish va saqlash ustidan nazoratni kuchaytirish, hujjatlarni yo‘qotish holatlarini bartaraf etishga qaratilgan.
U tarqoq hujjatlar oqimini yagona tizimga birlashtirish, hujjat yaratish, arxivga topshirish va saqlash, vaqtni tejash imkonini beradi.
Tashabbus Hamdo‘stlik makonida huquqiy hamkorlikni jadallashtirishga, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan
Yagona elektron tizimni yaratish davlat siri yoki boshqa himoyalanuvchi axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni almashishni nazarda tutmaydi.
Tadbirda MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar rejasi, 19-yig‘ilish kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.
Quyidagilar rejalashtirilgan:
2025 yilda Kengash ishchi guruhlari va organlarining yig‘ilishlari bilan bir qatorda “Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumini o‘tkazish
notariat vakillari uchun stajirovkalar
MDHga a’zo davlatlarning stajorlari va yosh advokatlari uchun vebinarlar tashkil etish.
Ekspertlarning fikricha, Toshkent majlisi natijalari MDH huquqiy tizimlaridagi keyingi o‘zgarishlarning turtki bo‘lishi mumkin. Qabul qilingan qarorlar mamlakatlar ichida ham, xalqaro maydonda ham qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va institutsional hamkorlik rivojiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Adliya vazirligi 2024-yil 1-yanvardan boshlab MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashiga raislik qilmoqda. 2023-yildagi MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n yettinchi majlisi Tojikistonning Dushanbeda bo‘lib o‘tgan edi.