TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Pokistonda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kengash majlisida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlari, shuningdek, Eron birinchi vitse-prezidenti va Hindiston oliy vakili ishtirok etdi.
Ishtirokchilar ShHT savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqishadi. Xususan, siyosatchilar ShHT faoliyatini yangi geosiyosiy voqeliklarga mos ravishda har tomonlama modernizatsiya qilish kontekstida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shanxay hamkorlik tashkilotining global iqtisodiyotdagi muammolarini hal qilish bo‘yicha kelishilgan yondashuvlar yakuniy Qo‘shma bayonotda qayd etildi. Shuningdek, hukumat rahbarlari Belarusning tashkilotga qabul qilinishini hisobga olgan holda budjet va shtat jadvallarini tasdiqladi.