TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 17-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11.00 da Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar:
Rossiya Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) rahbari Anton Shalayev;
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov.
Ikki mamlakat ekspertlari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi standartlashtirish va metrologiya sohasidagi o‘zaro hamkorlik holati va istiqbollari haqida so‘z yuritishadi.