Avtomobillar savdosida umumiy pasayish kuzatildi — tahlil

Elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekistonda sentabr oyida avtotransport vositalari savdosida umumiy pasayish kuzatildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yengi yengil avtomobillar segmenti 10% dan oshdi. Shu bilan birga, elektromobillar savdosi rekord darajaga yetib, 2,4 barobar oshdi. Bu esa ushbu toifadagi transport vositalariga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.

“2024 yil sentabr oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalarining umumiy savdosi 110,1 ming donani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 1,1% ga kam. Faollikning sezilarli pasayishi yillik hisobda 25,5% kuzatilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Sentabr oyida yengil avtomobillar segmentidagi vaziyat:
Yengil avtomobillar savdosi 0,3% ga bir oz pasaydi va 101,6 ming donani tashkil etdi.
O‘tgan yilga nisbatan sezilarli pasayish kuzatilmoqda: yengil avtomobillar savdosi 25,5% ga kamaydi.
Eng katta pasayish Andijon – 9,1%, Qashqadaryo – 7,9% va Toshkent – 7,7% viloyatlarida qayd etilgan.
Joriy yilning III choragida avtomobillar savdosi 295,6 mingtani, shu davrga nisbatan yillik pasayish 26,8% ni tashkil etdi.
Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat:
Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 10,3% ga oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan qariyb 3,8 mingta avtomobilni tashkil etadi.
Yillik ko‘rsatkichlarda faollik barqarorlashmoqda, avgust oyida savdoning pasayishi 1% darajasida bo‘lsa, sentabr oyida 7,7% o‘sish kuzatildi.
Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi o‘sishda davom etmoqda. Sentabr oyida sotuvlar 10,8% ga o‘sib, 37,6 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yillik hisobda o‘sish 12% ni tashkil yetdi.

“O‘zbekistonda xorijiy yengil avtomobillar bozori o‘sishda davom etdi. Avgust oyida ushbu segmentdagi savdo 25,6% ga oshgan bo‘lsa-da, sentabr oyida o‘sish 4,5% ga sekinlashdi va 3,3 ming donani tashkil etdi”, deya qayd etilgan xabarda.

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat sotuvlar o‘sishining sekinlashishini ko‘rsatdi va sotish hajmining yillik pasayishi tendensiyasini saqlab qoldi.
Xususan, sentabr oyida avtomobillar ikkilamchi bozoridagi faollik o‘tgan oyga nisbatan 6,3% ga kamaydi. Hisobot davrida ushbu segmentda 60,5 mingta avtomobil sotilgan. Umuman olganda, yil davomida sotuvlar 38,4% ga kamaydi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

Yengil elektromobillar vositalari segmenti faollikning oshishini ko‘rsatadi. Sotish hajmi rekord darajada 2,4 baravar oshdi, bu butun kuzatuv davridagi eng katta o‘sishdir.
Sentabr oyida 4,24 mingta elektromobillar sotilgan, avgust oyida esa 1,7 ming dona sotilgan.
Hududlar bo‘yicha savdolarning eng katta o‘sishi Toshkent shahrida – 3180 dona, Toshkent – 285 dona va Andijon viloyatlarida – 119 dona qayd etildi.
Yillik o‘lchovda elektr transport vositalarining savdosi deyarli 17% ga oshdi.
Shu yilning III choragida yengil elektr transport vositalarini sotish 9,3 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6% ga kamaydi.