TOShKENT, 16 okt — Sputnik. “O‘zatom” atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi mumkin bo‘lgan 14 ta maydonni baholadi. Bu haqda "O‘zatom" atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Agentlik direktori Azim Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, ularni batafsil o‘rganish respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.
“O‘zatom" AES qurilishi mumkin bo‘lgan 14 ta maydonni baholadi. Baholash atom elektr stansiyalari uchun joy tanlash bo‘yicha mahalliy va xalqaro meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi”, — dedi Axmedxadjayev.
Agentlik direktori kichik modulli reaktor (SMR) qanday qiyinchiliklarga dosh bera olishi haqida ham gapirgandi. Kichik atom elektr stansiyasidan kelajakda elektr energiyasi ishlab chiqarishdan tashqari boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.