Olmaliq kombinati dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni hamda uning negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning kombinatga tashrif chog‘ida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni hamda uning negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi.
Davlat rahbari Olmaliq kombinatidagi yirik majmua qurilish maydonida bo‘ldi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatirangli, nodir va qimmatbaho metallar qazib chiqarishda yetakchi. Mamlakat yalpi sanoat mahsulotining 5 foizi, sanoat mahsulotlari eksportining 6 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Kombinat tizimida 35 mingga yaqin kishi ishlaydi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili 148 ming tonna mis, 17 tonnadan ziyod oltin, 162 tonna kumush ishlab chiqarilgan. 1 milliard 100 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 662 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Davlat rahbari Olmaliq kombinatidagi yirik majmua qurilish maydonida bo‘ldi
“Keyingi yillarda geologik qidiruvlar va investitsiyalar miqdori oshgani natijasida ishlab chiqarishning yangi imkoniyatlari topilmoqda. Shulardan biri – “Yoshlik-1” koni. Bu yerda istiqbolli investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda. Kon hududi 11 ming gektar. Zaxirasi ham salmoqli – yiliga 65 million tonna ma’dan. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor”, — deyiladi xabarda.
“Yoshlik-1” koni ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi barpo etilmoqda. Uning qurilishiga 2021-yil 29-iyulda tamal toshi qo‘yilgan edi.
Davlat rahbari Olmaliq kombinatidagi yirik majmua qurilish maydonida bo‘ldi
“Bu yirik loyihaning qiymati 4,6 milliard dollar bo‘lib, konni qazish, fabrika va uning infratuzilmasini qurishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda 200 million kub metr kon yuzasi ochilgan, 41 kilometr temir yo‘l yotqizilgan, 650 megavattli podstansiya qo‘yilgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa Yevropa davlatlaridan uskunalar keltirilgan. Fabrika va boshqa infratuzilmalar qurilishi jadal ketmoqda”, — deya ma’lum qilingan xabarda.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Mazkur fabrika birinchi bosqichda yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.
Bu orqali yilliga 917 ming tonna mis va 2,5 ming tonna molibden konsentratlari ishlab chiqariladi. 5 ming 600 kishining bandligi ta’minlanadi.
Davlat rahbari Olmaliq kombinatidagi yirik majmua qurilish maydonida bo‘ldi
Bu yirik loyiha turdosh sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga ham turtki berdi. Masalan, fabrika qurilishiga metall konstruksiyalar yetkazib berish uchun 6 ta zavod ishga tushirildi. Muhandislik, dasturiy ta’minot va kasb-hunar ta’limi yangi darajaga chiqmoqda. Yangi turar joylar va xizmatlarga talab paydo bo‘lmoqda.
Fabrikada logistika jarayoni ham qulaylashtiriladi.
Fabrikaning barcha korpuslari orasida konveyerlar bo‘ladi.
Bu yuk ortish va tashishni bartaraf etib, xarajatlarni qisqartiradi.
Ikkinchi bosqichda quvvat 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi ko‘rsatkichdan 3 barobarga ko‘payadi.
Ushbu ikki bosqich amalga oshirilishi natijasida korxona 2028-yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
“Shu tariqa Olmaliq kombinati tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Davlat rahbari Olmaliq kombinatidagi yirik majmua qurilish maydonida bo‘ldi
Xalqaro baholash mezonlariga ko‘ra, Olmaliqda misning yalpi zaxirasi 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etishi aniqlangan. Bu dunyo miqyosida ham eng yirik va noyob ko‘rsatkichlardir.
Yana bir muhim tomoni, bugun dunyoda “yashil iqtisodiyot”, elektr texnikasi, elektromobillar sanoati jadal rivojlanmoqda. Buning natijasida 2030-yilga borib mis mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj 40 foizga ortishi kutilmoqda.
Ya’ni, Olmaliq kombinati mahsulotlariga uzoq yillar davomida xalqaro darajada bo‘ladi. Kelgusida kombinat ishlab chiqaradigan mahsulotlar hajmi 3-martadan ziyod ko‘payadi va uning qiymati qariyb 8 milliard dollarga yetadi. Qolaversa, 11 mingta yangi, yuqori texnologik ish o‘rinlari yaratiladi.