Netanyaxu AQShga Eron harbiy obyektlariga zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi — OAV

Netanyaxu neft obyektlari o‘rniga Eronning harbiy nishonlarini urishga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga Eronning neft yoki yadroviy obyektlariga emas, balki harbiy obyektlariga zarba berishga tayyorligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti "Washington Post" gazetasiga tayanib xabar berdi.

“Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Bayden ma’muriyatiga neft yoki yadroviy emas, balki Eronning harbiy obyektlariga zarba berishga tayyorligini aytdi”, — deb yozadi nashr o‘z nomini oshkor etmagan rasmiylarga tayanib.

Avvalroq bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya MAGATE baholariga asoslanib, Eron o‘zining tinch yadroviy rivojlanish dasturini harbiy kanalga o‘tkazishga urinayotgani haqida hech qanday alomat ko‘rmasligi, biroq Eron yadroviy inshootlariga hujum jiddiy provokatsiya bo‘lishini ma’lum qilgan edi.
G‘arb Rossiya va Eronni yaqinlashtirish yo‘lini topdi