“O‘zgaruvchan dunyoda media rivojlanishi” MDH davlatlarining III mediaforumi bo‘lib o‘tadi

Forumda MDH davlatlarining tegishli vazirliklari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari, ixtisoslashtirilgan muassasalar, tahlil markazlari vakillari ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Shu yilning 7-noyabr kuni soat 10.00 da “Rossiya segodnya” xalqaro multimedia matbuot markazida “O‘zgaruvchan dunyoda media rivojlanishi” MDH davlatlarining III mediaforumi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar: MDH davlatlarining tegishli vazirliklari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari, ixtisoslashtirilgan muassasalar, tahlil markazlari vakillari.
Plenumning asosiy mavzusi zamonaviy medianing transformatsiyasi bo‘ladi: gazeta va jurnallardan — sun’iy intellektgacha.
Sessiyalarda sun’iy intellekt davrida MDH media kelajagi, formatlar kurashi tendensiyalari va yo‘nalishlari, faktcheking va kontentni tekshirish, yagona madaniy media kodeksi va transmilliy medialoyihalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tadbir Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ko‘magida “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tomonidan tashkil etilmoqda.
Onlayn ishtirokchilar uchun jonli efir tashkil etiladi. “O‘zgaruvchan dunyoda media rivojlanishi” MDH davlatlarining III mediaforumi rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan o‘tish mumkin.