O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Osiyo chempionatida ikkinchi bo‘lishdi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qit’a birinchiligini jami 12 ta medal bilan yakunlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘zbekistonlik sportchilar ikkinchi o‘rinda yakunlashdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Samarqandda akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
“Shu tariqa, sportchilar mazkur qit’a birinchiligini jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinda yakunlashdi”, — deyiladi xabarda.
Oltin medal: M2-: D.Xudoyberdiyev, F.Karimov, M8+: A.Turdiyev, D.Xudoyberdiyev, Sh.Hamdamov, E.Agafonov, F.Oblaqulov, D.Davronov, F.Karimov, S.Hamroqulov.
Kumush medal: W2x: A.Prakaten, M.Tagmatova, M1x: M.Mamatqulov, M4x: J.Turg‘unov, Sh.Xolmurzayev, M.Mamatqulov, S.Safaraliyev.
Bronza medal: W8+: S.Abdurashidova, B.Sattorova, R.Karimova, R.Sattorova, V.Peregudova, S.Qo‘zimurodova, O.Sattorova, A.Smetullayeva, LW4x: Sh.Rahmonqulova, A.Drasutite, Sh.Jo‘raboyeva, E.Solovova.
Akademik eshkak eshish: o‘zbekistonlik yoshlar Osiyo chempionatini 10 ta medal bilan yakunlashdi