Xizmat ko‘rsatish, eksport va yangi ish o‘rinlari: Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga bordi

Prezident Toshkent viloyatining rivoji, aholi hayoti va yangi loyihalar bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkent tumanida yil yakuniga qadar 34 ming 443 ta ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining rivoji, aholi hayoti va yangi loyihalar bilan tanishdi. Davlat rahbari dastlab Toshkent tumaniga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 6 oyida tuman iqtisodiyoti 23 foiz o‘sgan. Yangi qurilishlar va ulardagi korxonalar negizida soliq manbasi ko‘paygan. Toshkent tumanida 70 ta mahalla, 62 mingta oila bor. Ahvoli og‘ir bo‘lgan 372 ta oilaga ko‘maklashish uchun mas’ullar va choralar belgilangan.
“Rejadagi loyihalar, bandlik hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida yil yakuniga qadar 34 ming 443 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan”, — deyiladi xabarda.
Prezident xonadonlardagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, tadbirkorlarning kambag‘al oila vakillarini ishga olishini rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.
“Toshkent tumani poytaxtimizning yonginasida. Bu yerda uy-joy, ishlab chiqarish, tijorat, xizmat bo‘yicha juda katta imkoniyatlar bor. Ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, o‘zi bu tumanda kambag‘alchilik bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun iqtisodiy kompleksga, mahallalarga berayotgan imkoniyatlardan foydalanib, kambag‘allikdan farovonlik sari yurish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Aytilishicha, pastqam uylar o‘rnida 41 ta ko‘p qavatli turar joy qurildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.

“Endi ulardagi 2 ming 536 ta xonadonda 11 mingdan ziyod aholi yashaydi. Bu uylarning yerto‘la va birinchi qavatida savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy va moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 270 ta shoxobcha tashkil qilinmoqda. Ularda 1 ming 350 kishi, jumladan, shu yerlik yoshlar va ayollar ishli bo‘ladi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Shuningdek, Toshkent tumanida yil yakuni bilan qariyb 53 million dollar investitsiya o‘zlashtirilishi hisobiga sanoatda o‘sish sur’ati 9 foiz, xizmat ko‘rsatishda 13 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Eksport hajmini 100 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.