TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Ayni vaqda “YeOII mamlakatlari bioxavfsizligi” mavzusida Moskva-Minsk-Bishkek-Yerevan-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko ishtirokida o‘tkazildi. Videoko‘prikda Bishkek, Minsk, Yerevan va Toshkentdan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Muhokama etiladigan masalalar:
Kvadroberlar harakati bolalar psixikasiga qanday ta’sir qiladi?
YeOII mamlakatlarida Marburg virusi tarqalishi ehtimoli qanday?
Bu mavsumda grippning qanday shtammi kutilmoqda?