O‘zbekiston Vengriya bilan sirk san’ati sohasida hamkorlik qilmoqchi

Avazxon Tadjixanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Alisher Navoiy haykalining ochilishi munosabati bilan Vengriyada bo‘lib turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston Vengriya bilan sirk san’ati sohasida hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Madaniyat vaziring birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Vengriya Milliy sirk san’ati markazi va poytaxt sirki rahbari Peter Fekete bilan uchrashdi.
Madaniyat vaziring birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Vengriya Milliy sirk san’ati markazi va poytaxt sirki rahbari Peter Fekete bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbek davlat sirki davlat muassasasi hamda Vengriya Milliy sirk san’ati markazi va poytaxt sirki o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.
Shuningdek, ikki davlat sirklari o‘rtasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish, marketing yo‘nalishlarida Vengriya tajribasini o‘rganish kabi masalalar haqida ham so‘z bordi.
Ma’lumot uchun, Avazxon Tadjixanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Alisher Navoiy haykalining ochilishi munosabati bilan Vengriyada bo‘lib turibdi.