Triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatida Diana Bektemirova kumush medalga ega chiqdi

Gonkongda triatlon bo‘yicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Gonkongda bo‘lib o‘tgan triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatida Diana Bektemirova kumush medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Bugun Gonkongda triatlon bo‘yicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
“U17 yo‘nalishidagi bellashuvlarda hamurtimiz Diana Bektemirova kumush medalni qo‘lga kiritdi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur dasturda sportchilar 375 metrga suzish, 9 km velopoyga va 2,5 kmga yugurish bo‘yicha kuch sinashishdi.
Bellashuvda Yaponiya vakilasiga oltin medal nasib etgan bo‘lsa, mezbon atlet kuchli uchlikni yakunlab berdi.