Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya DXRda Mixaylovkani ozod qildi

"Markaz" qo‘shinlari guruhi Mixaylovkani ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiyaning “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari DXRning Mixaylovka aholi punktini ozod qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Markaz kuchlar guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Mixaylovka aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, "Markaz" jangchilari Sherbinovka, Ivanopolye, Selidovo, Lisovka, Tarasovka, Nikolayevka, Dimitrov, Sukurino va Dzerjinsk aholi punktlari hududlarida Ukraina armiyasining yettita brigadasining ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etishdi.
Bundan tashqari, ular to‘rtta brigada, bir hujum polki, Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita hujum batalonlari va dushman dengiz piyodalari brigadasining 11 ta qarshi hujumlarini qaytarishdi.
Ukraina armiyasi yo‘qotishlari:
460 tagacha harbiy xizmatchi;
AQShda ishlab chiqarilgan HMMWV va Turkiyada ishlab chiqarilgan "Kirpi" rusumli uchta zirhli jangovar mashina;
beshta avtomobil;
to‘rtta 122 mm gaubitsa D-30;
100 mm “Rapir” tankga qarshi qurol.