BAA kompaniyasi O‘zbekistonga kamob dori vositalarini yetkazib bermoqchi

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning "MBS Global Investments" kompaniyasi tibbiyotda kamob bo‘lgan dori vositalarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib beradi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston diplomatlari BAAning "MBS Global Investments" kompaniyasi ijrochi direktori Ajmal Sharafuddin bilan uchrashdi.
BAA vakili O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarni "Julphar" kompaniyasi bilan birgalikda yetkazib berishga qiziqish bildirildi.
“Birinchi bosqichda tibbiyotda kamob bo‘lgan dori vositalari O‘zbekiston bozoriga kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish majmualaridan yetkazib beriladi. Ikkinchi bosqichda esa ularni O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, kompaniya infratuzilma sohasida Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan "Toshkent-Andijon" pullik yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishga taklif etildi.
Muzokaralar yakunida yuqorida muhokama qilingan loyihalar bilan batafsil tanishish maqsadida shu yilning noyabr oyida mazkur kompaniya vakillarining O‘zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishildi.
Dorining haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin — video