Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi energetika infratuzilmasi obyektlariga zarba berdi

Bundan tashqari, havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqarilgan 11 ta HIMARS raketasi va 125 ta samolyot tipidagi dronlarni urib tushirdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina harbiy-sanoat kompleksini ta’minlovchi energetika infratuzilmasi obyektlariga zarba berdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Tezkor-taktik aviatsiya, hujumchi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa kuchlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari qo‘shinlari guruhlarining artilleriyasi harbiy-sanoat kompleksining ishlashini ta’minlovchi energetika infratuzilmasi obyektlariga zarar yetkazdi”, — deyiladi xabarda.
Armiya shuningdek, 146 ta tumanda dushmanning ishchi kuchi va harbiy texnikasi jamlangan joyga zarba berdi.
Bundan tashqari, havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqarilgan 11 ta HIMARS raketasi va 125 ta samolyot tipidagi dronlarni urib tushirdi.
Ukraina Qurolli kuchlarining fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi, texnikasi va yollanma askarlar joylashgan joylarga, shuningdek infratuzilmaga muntazam ravishda maqsadli hujumlarni amalga oshiradi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov armiya turar-joy binolari va ijtimoiy muassasalarga hujum qilmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy maxsus harbiy operatsiya zonasida nimaga duch kelgani oshkor qilindi