O‘zbekiston va YeOII

YeOII va Eron: erkin savdo shartnomasi asosida yaratilgan imtiyozlar haqida ma’ruza qilindi

Kira Danilcheva manfaatdor ishbilarmon doira vakillarini 3-6 dekabr kunlari Tehronda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Eurasia EXPO 2024” uchinchi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida ishtirok etishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. YeOII va unga a’zo davlatlar hamda Eron o‘rtasida imzolangan erkin savdo shartnomasining kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan tartib-qoidalar yakunlanmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
10 oktabr kuni “Metall prokat bozorlari: sotish, ishlab chiqarish, strategiya” ikkinchi xalqaro konferensiyasi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Savdo siyosati departamentining savdoni tartibga solishning maxsus masalalari bo‘limi boshlig‘i Kira Danilcheva ma’ruza qildi. Ma’ruza Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron o‘rtasidagi erkin savdo shartnomasiga muvofiq yaratilgan imtiyozli shartlar to‘g‘risida bo‘ldi.
“Imzolangan shartnoma YeOII mamlakatlari va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini sezilarli darajada oshirish uchun sharoit yaratadi. Biroq yaratilgan imtiyozlardan faol foydalanish uchun tomonlarning biznes vakillari ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishlari kerak”, — dedi u.
Shu munosabat bilan Kira Danilcheva manfaatdor ishbilarmon doira vakillarini 3-6 dekabr kunlari Tehronda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Eurasia EXPO 2024” uchinchi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida ishtirok etishga chaqirdi.
YeOII va unga a’zo davlatlar hamda Eron o‘rtasida 2023-yil 25-dekabrda erkin savdo shartnomasi imzolangan. Hozirda uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan tartib-qoidalar yakunlanmoqda.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Eron erkin savdo shartnomasini imzoladi. Bu nima uchun muhim?