Matbuot markazi

Ekspert: O‘zbekiston – sayyohlar uchun gastronomik jannat

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasining marketing tadqiqotlari va milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i Aziz Mirjalilovning ta’kidlashicha, yil oxirigacha respublikaga 10 mlnga yaqin sayyoh kelishi kutilmoqda.
Sputnik
Rossiya Restoratorlar va mehmonxonachilar federatsiyasi prezidenti Igor Buxarov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda "HoReCa Expo Uzbekistan 2024" ko‘rgazmasida muhokama qilingan yangi trendlar hamda ikki mamlakat o‘rtasida restoran va sayyohlik biznesidagi hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida Rossiya Restoratorlar va mehmonxonachilar federatsiyasi O‘zbekiston mehmonxonachilar uyushmasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasining marketing tadqiqotlari va milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i Aziz Mirjalilovning ta’kidlashicha, yil oxirigacha respublikaga 10 mlnga yaqin sayyoh kelishi kutilmoqda.
Uning fikricha, gastronomik turizm rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega.
“Rossiya va boshqa mamlakatlardan sayyohlar oqimi oshishiga umid qilmoqdamiz. O‘tgan yili O‘zbekistonga 7 mln sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, joriy yil oxirigacha ularning soni 10 mlnga yaqin bo‘lishini kutmoqdamiz”, — dedi Turizm vazirligi vakili.
Batafsil – eksklyuziv videomizda.