TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Bugun Ashxobodda turkman shoiri Maxtumquliga bag‘ishlangan “Zamon va sivilizatsiyalar o‘zaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi” mavzusidagi xalqaro konferensiya ish boshladi.
"Forum buyuk turkman shoiri va faylasufi Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300-yilligini nishonlashga bag‘ishlangan. Uning asosiy maqsadlari – Maxtumquli Firog‘iyning mumtoz merosini ommalashtirish, Sharq xalqlari tillari va adabiyotlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, shoirning umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar xazinasiga, milliy davlatchilik rivojidagi o‘rnini etirof etish va insonparvarlik g‘oyasini tadqiq etishd", - deyiladi rasmiy xabarda.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida bo‘lib o‘tayotgan anjumanda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Armaniston prezidenti Vaxagn Xachaturan, Eron prezidenti Ma’sud Pezeshkiyon, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etmoqda.
Undan tashqari, mehmonlar orasida Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi, Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi rahbari, YuNESKO Bosh konferensiyasi raisi, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy hukumatlar a’zolari, taniqli olimlar, madaniyat arboblari va diplomatlar bor.
Prezident Uzbekistana otmetil vajnuyu rol naslediya poeta i mislitelya Maxtumkuli Fragi v ukreplenii bratskix svazey i sblijenii narodov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana