TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 10-oktabr kuni, amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Uzbekistana pribil v Turkmenistan dlya uchastiya v mejdunarodnom forume
Mirziyoyevni aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Asosiy tadbirlar bugun, 11-oktabr kuni, bo‘lib o‘tadi.
Prezident Uzbekistana pribil v Turkmenistan dlya uchastiya v mejdunarodnom forume
O‘zbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300-yilligiga bag‘ishlangan “Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumining yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.
Mirziyoyev tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.