TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Ashxobod shahridagi xalqaro forum doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s prezidentom Irana Masudom Pezeshkianom.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezidentlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
Turli darajalardagi faol aloqalar va samarali almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda.
Davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezkor amalga oshirish, Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.