Matbuot markazi

Anons: YeOII mamlakatlari bioxavfsizligi ekspertlar nazarida

Tadbir Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko ishtirokida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. 14 oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 11:00 da “YeOII mamlakatlari bioxavfsizligi” mavzusida Moskva-Minsk-Bishkek-Yerevan-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko ishtirokida o‘tkaziladi.
Videoko‘prikda Bishkek, Minsk, Yerevan va Toshkentdan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Muhokama etiladigan masalalar:
Kvadroberlar harakati bolalar psixikasiga qanday ta’sir qiladi?
YeOII mamlakatlarida Marburg virusi tarqalishi ehtimoli qanday?
Bu mavsumda grippning qanday shtammi kutilmoqda?