Ukrainaning NATOga qabul qilinishi uchinchi jahon urushini anglatadi — Vengriya TIV

Vengriya tashqi ishlar vaziri: Ukrainaning NATOga qabul qilinishi uchinchi jahon urushini anglatadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Agar Ukraina hozirgi sharoitda NATOga qabul qilinsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatadi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukraina Rossiya bilan urush holatida bo‘lib turibdi. Va NATOning an’anaviy chizig‘i tufayli, agar Ukraina hozirgi sharoitda ittifoqqa qabul qilinsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatadi. Biz esa har doim Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka qarshi bo‘lganmiz”, — dedi u gaz forumi chog‘ida jurnalistlarga.
Rossiya Federatsiyasi Ukrainada Rossiyaning maxsus operatsiyasini boshlashiga Kiyevning alyans sari intilgani sabab bo‘lganini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lish uchun “aniq qadamlar” taklif qilinishi mumkin — OAV